KidoPath — bolalar uchun interaktiv o‘yinlar

3–7 yoshli bolalar uchun mantiq, matematika, nutq va ijod o‘yinlari — «Ilk qadam» dasturi mavzulari bo‘yicha. Bog‘chada elektron doskada, uyda telefon yoki kompyuterda o‘ynaladi.

Saytga o‘tish → Quyida: Foydalanish shartlari (ommaviy oferta) ↓
KidoPath sayti — bosh sahifa
UZ · RU · EN

Foydalanish shartlari (ommaviy oferta)

KidoPath sayti (kidopath.uz) — 3–7 yoshli bolalar uchun rivojlantiruvchi o‘yinlar

Kuchga kirgan sana: 2026-yil 18-noyabr · Maxfiylik siyosati: kidopath.uz/maxfiylik
Ijrochi: “ALICODER” mas’uliyati cheklangan jamiyati
STIR: 312285557
Yuridik manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Jizzax viloyati, Zomin tumani, Navbahor MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 18-B uy
Davlat ro‘yxatidan o‘tgan: 16.07.2025, guvohnoma tasdiqlash raqami 2882010, Jizzax viloyati Zomin tumani DXM
Aloqa: info@educoin.uz · +998 99 588 88 98 · t.me/kidopath

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu hujjat “ALICODER” MChJ (keyingi o‘rinlarda — «Ijrochi») ning O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367–369-moddalari ma’nosidagi ommaviy ofertasi bo‘lib, KidoPath sayti (kidopath.uz, keyingi o‘rinlarda — «Sayt») dan foydalanish shartlarini belgilaydi.

1.2. Saytdan foydalanishni boshlash, hisob ochish yoki xizmat uchun to‘lov qilish bilan foydalanuvchi (ota-ona, qonuniy vakil yoki bog‘cha) ushbu shartlarni to‘liq qabul qiladi (aksept).

1.3. Bola hisobini ota-ona (qonuniy vakil) yoki bog‘cha tarbiyachisi yoxud rahbari bog‘cha va ota-onalar o‘rtasidagi kelishuv asosida ochadi.

2. Xizmat

2.1. Bepul sinab ko‘rish: hisobsiz o‘yinlarni birinchi yutqazilgan o‘yingacha o‘ynash mumkin (yutqazish bo‘lmaydigan o‘yinlar — bo‘yash, musiqa, harakat — hisoblanmaydi); davom etish uchun bola hisobi ochiladi. Yangi hisobga bepul sinov beriladi (2.2-band). Shu qurilmadan avval hisob ochilgan yoki bir kunda bitta tarmoqdan ko‘p hisob ochilgan bo‘lsa, yangi hisobga sinov berilmaydi.

2.2. Pullik — bola hisobini «Faollashtirish»: bola Saytdagi barcha o‘yinlarni cheklovsiz o‘ynaydi, ota-onaga bolaning natijalari, xatolar tahlili («bola qayerda qiynalyapti»), PDF hisobot va reyting ochiladi; pullik rejimdagi bog‘chada bolaning natijalarini tarbiyachi va rahbar ham ko‘radi. Yangi bolaga 1 kunlik bepul sinov beriladi (bog‘chada — bola guruhga qo‘shilgan kundan; bog‘cha sinovning umumiy tugash sanasini belgilashi mumkin). Sinovdan keyin o‘yinlar faqat faollashtirilgach ochiladi.

2.3. Bog‘chada tarbiyachi doskada kirgan bo‘lsa, o‘yinlar guruh mashg‘uloti uchun ochiq; doskadagi natija va tarbiyachi topshiriqlari faqat to‘lov talab qilinmaydigan bolaga (faollashtirilgan, sinovdagi yoki bepul rejimdagi bog‘cha bolasi) yoziladi. Ijrochi o‘yinlarni qo‘shishi, o‘zgartirishi va yaxshilashi mumkin.

3. Narx va to‘lov

3.1. Narxlar to‘lov paytida Saytda ko‘rsatiladi; narx o‘zgarsa, allaqachon to‘langan muddatga ta’sir qilmaydi.

3.2. To‘lov Payme orqali amalga oshiriladi. Karta ma’lumotlari Ijrochiga berilmaydi. Ota-ona yoki tarbiyachi bola nomidan to‘lashi mumkin.

3.3. Faollashtirish to‘lov tasdiqlangan paytdan tanlangan muddatga amal qiladi. Avtomatik uzaytirish va avtomatik yechib olish yo‘q.

4. Pulni qaytarish

4.1. Xato yoki takroriy to‘lov, shuningdek to‘lovdan keyin faollashtirish amalga oshmagan holat — to‘liq qaytariladi.

4.2. Ijrochining aybi bilan Sayt ketma-ket 24 soatdan ortiq ishlamagan bo‘lsa — ishlamagan kunlar uchun proporsional (foydalanuvchi tanloviga ko‘ra: pul qaytarish yoki muddatni uzaytirish).

4.3. Boshlangan muddatdan foydalanuvchi o‘z xohishi bilan voz kechsa — foydalanilmagan to‘liq oylar uchun proporsional. Ariza: t.me/kidopath, info@educoin.uz yoki +998 99 588 88 98; bola logini, to‘lov sanasi va summasi yoziladi. Ariza 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi, mablag‘ Payme orqali to‘lov qilingan kartaga 10 bank kuni ichida qaytariladi.

4.4. Pul qaytarilganda qaytarilgan muddat uchun faollashtirish bekor qilinadi.

5. Tomonlarning majburiyatlari

5.1. Ijrochi Saytning ishlashini, ma’lumotlarning Maxfiylik siyosatiga muvofiq himoyasini ta’minlaydi va murojaatlarga javob beradi.

5.2. Foydalanuvchi login va parolni begonalarga bermaydi, boshqalarning hisobiga kirishga urinmaydi va Sayt ishiga xalaqit bermaydi. Bog‘cha bolalar hisoblari ota-onalar roziligi bilan ochilishi uchun javob beradi.

6. Intellektual mulk

6.1. Saytdagi o‘yinlar, rasmlar, qahramonlar, matnlar va dastur kodi Ijrochiga tegishli. Ularni Ijrochining yozma roziligisiz nusxalash va tarqatish taqiqlanadi.

7. Javobgarlik

7.1. Sayt «qanday bo‘lsa, shunday» taqdim etiladi. Ijrochi internet provayderi, foydalanuvchi qurilmasi yoki fors-major holatlari sababli uzilishlar uchun javob bermaydi.

7.2. Ijrochining javobgarligi foydalanuvchi oxirgi 3 oyda to‘lagan summa bilan cheklanadi.

7.3. O‘yin natijalari bola qayerda qiynalayotganini sezishga yordam beradi, lekin tibbiy yoki psixologik xulosa hisoblanmaydi.

8. Shaxsga doir ma’lumotlar

8.1. Ma’lumotlar ushbu shartlarning ajralmas qismi bo‘lgan KidoPath maxfiylik siyosati ga muvofiq qayta ishlanadi.

Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda saqlanadi va qayta ishlanadi.

9. Boshqa shartlar

9.1. Nizolar muzokaralar yo‘li bilan, kelishilmasa — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Ijrochi joylashgan joydagi sudda hal qilinadi.

9.2. Ijrochi shartlarni o‘zgartirishi mumkin; yangi tahrir shu sahifada e’lon qilinadi va e’lon qilingan kundan kuchga kiradi. To‘langan muddat avvalgi shartlarda saqlanadi.

© 2026 “ALICODER” MChJ · STIR 312285557 · O‘zbekiston Respublikasi, Jizzax viloyati, Zomin tumani, Navbahor MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 18-B uy · info@educoin.uz · +998 99 588 88 98 · t.me/kidopath