3–7 yoshli bolalar uchun mantiq, matematika, nutq va ijod o‘yinlari — «Ilk qadam» dasturi mavzulari bo‘yicha. Bog‘chada elektron doskada, uyda telefon yoki kompyuterda o‘ynaladi.
Saytga o‘tish → Quyida: Maxfiylik siyosati ↓
KidoPath sayti (kidopath.uz) — 3–7 yoshli bolalar uchun rivojlantiruvchi o‘yinlar
KidoPath — bolalarning rivojlanishini kuzatish va qayerda qiynalayotganini topish uchun o‘yinlar. Shuning uchun biz faqat shunga kerakli eng kam ma’lumotni yig‘amiz. Biz reklama ko‘rsatmaymiz, ma’lumotni sotmaymiz va reklama yoki tahlil xizmatlariga (analitika) bermaymiz.
Saytdagi o‘yinlarni hisob ochmasdan o‘ynash mumkin. Bunda ism, telefon va boshqa shaxsiy ma’lumot so‘ralmaydi. Saytni yaxshilash uchun faqat anonim statistika yoziladi:
IP manzil statistikaga yozilmaydi. Anonim statistika 1 yildan keyin o‘chiriladi.
Hisobsiz bepul o‘yin va yangi hisobga beriladigan bepul sinovni bir qurilmadan qayta-qayta olib bo‘lmasligi uchun brauzerda tasodifiy qurilma kodi yaratiladi. Serverda bu kod va IP manzil faqat bir tomonlama kalitli xesh ko‘rinishida saqlanadi (kodning o‘zi va IP manzil yozilmaydi, ulardan odamni aniqlab bo‘lmaydi). Faqat shu maqsadda ishlatiladi, uchinchi tomonga berilmaydi va 30 kundan keyin o‘chiriladi.
Hisobni ota-ona (qonuniy vakil) yoki bog‘cha tarbiyachisi/rahbari ochadi. Saqlanadi:
Rasm, ovoz, joylashuv (GPS), kontaktlar va boshqa qurilma ma’lumotlari YIG‘ILMAYDI.
Tarbiyachi va bog‘cha rahbari uchun: ism, telefon, login, parol (xesh), guruh va panelda bajarilgan amallar tarixi (kim, qachon, nima va IP manzil) — bolalar ma’lumoti bilan kim ishlaganini aniqlash uchun.
To‘lov Payme orqali amalga oshiriladi. Karta ma’lumotlari bizga kelmaydi — ularni faqat Payme ko‘radi. Bizda: buyurtma raqami, summa, muddat, to‘lov holati va Payme sahifasida ko‘rsatiladigan telefon raqami (ota-ona telefoni bo‘lsa — u, bo‘lmasa raqamsiz belgi).
Ma’lumot shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali uzatiladi; parollar xesh ko‘rinishida saqlanadi; xodimlar faqat o‘z guruhi yoki bog‘chasi ma’lumotini ko‘radi.
Bola hisobi va natijalari hisob o‘chirilguncha saqlanadi. Bola bog‘chadan chiqarilsa, natijalari bolaning hisobida qoladi, bog‘cha esa uni boshqa ko‘rmaydi.
Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda saqlanadi va qayta ishlanadi.
Sayt kuzatuvchi cookie ishlatmaydi. Brauzer xotirasida (localStorage) faqat sayt ishlashi uchun kerakli narsalar saqlanadi: tanlangan til va o‘lcham, yosh guruhi, kirgan bolaning sessiyasi, statistikadagi tasodifiy raqam, chizish sifati darajasi, qurilma kodi (1-band), hisobsiz o‘yinda yutqazilgani belgisi va hisobsiz yutilgan shaxmat g‘alabasi (ro‘yxatdan o‘tgach yuborish uchun, 14 kungacha). Brauzer ma’lumotlarini tozalasangiz, ular o‘chadi. Faqat bog‘cha xodimlari paneliga kirishda kirish cookie’si ishlatiladi.
Sayt 3–7 yoshli bolalar uchun. Bola hisobi ota-ona (qonuniy vakil) roziligi bilan ochiladi; bog‘chada hisobni tarbiyachi yoki rahbar bog‘cha va ota-ona o‘rtasidagi kelishuv asosida ochadi. Biz bolalarga reklama ko‘rsatmaymiz va ulardan ortiqcha ma’lumot so‘ramaymiz.
Ota-ona (qonuniy vakil) bolaning ma’lumotini ko‘rish, tuzatish yoki butunlay o‘chirishni so‘rashi mumkin: t.me/kidopath, info@educoin.uz yoki +998 99 588 88 98. Bola logini va ismini yozing. So‘rov 10 ish kuni ichida bajariladi. Ism, login va parolni tarbiyachi yoki bog‘cha rahbari ham o‘zgartira oladi.
Siyosat o‘zgarsa, yangi matn shu sahifada e’lon qilinadi va yuqoridagi sana yangilanadi.